2022-yil 26-may kuni soat 00:10 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX hamda boshqa sohaviy xizmatlarning xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir davomida, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Nexia” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, transport vositasining salonida, oldi oʻng tomon oʻrindiqning tagidan hamda orqa oʻrindiqdan 15 ta qora sellofanlarga solinib skotchlangan, ”Tropikamid” nomli psixotrop dori vositalari topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi, 1995-yilda tugʻilgan X.D. va yoʻlovchilari: 1996-yilda tugʻilgan F.A. va A.A.lar ushlangan.
Bu haqida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.