Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, qo‘lidagi sumkasi ichida polietilen paketga skotchlab o‘ralgan 300 dona har biri 2 mg.dan bo‘lgan “Siklodol” nomli psixotrop dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.