Psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

    Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Ш.С. jami 40 dona “Baklosan” nomli psixotrop dori vositasini fuqaro М.Я.га 560 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Shu kabi, Departamentning Denov tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “М.Ф” XKga qarashli dorixona sotuvchisi Д.А. hech qanday hujjatsiz jami 80 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro А.Б.га sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Xuddi shunday, Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “O.F.” MCHJga qarashli dorixona rahbari Д.Х. fuqaro Б.С.га xorijda ishlab chiqarilgan 20 dona “GABATEN” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.