Mbappe avvalroq PSJdagi kelajagi haqida bayonot bergan, fransuz klubi bir nechta variantlarni ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi tengrinews.kz.

“Yozda hujumchini sotib olmoqchi bo'lgan klub 250 million yevro to'lashi kerak. Ko'p emas, kam emas. Klub futbolchi masalasida ana shunday pozitsiyada. Klub tavakkal qilib, uni tekinga berishga ham tayyor.

Vaziyat noaniqligicha qolmoqda, ammo PSJ o'tgan yilgidek pozitsiyasida turishi aniq. Kilian bilan shartnomani uzaytirish va uni Fransiya poytaxtida qolishga ko'ndirish uchun ularda butun bir mavsum bor.

Parij haligacha “Real Madrid”dan taklif kutmoqda. Fransuz tomoni Madrid barcha holatni tushunishiga umid qilmoqda: Mbappe hali ham shartnomani uzaytirishi mumkin. Hujumchi “Real”ga o'tishi mumkin, faqat 250 million evaziga”.