Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi 19 yoshli O.O. sodir etganligi aniqlangan. Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, O.O., A.I. bilan “Telegram” messenjerida tanishib, kuchaytirilgan “PUBG” akkauntini sotishi haqida aytib uni aldab, oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga 600.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini boshlangʻich toʻlov sifatida oʻtkazib olgan va yozishmalarni oʻchirib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, O.O.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.