Magistratura Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida (TXVU) ochilgan. 2021-yil 26-yanvarda bu yerda gʻolibni eʼlon qilish marosimi oʻtkazildi.

Shuningdek, shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti hamkorligi toʻgʻrisidagi Memorandum imzolandi.

Public Health Leaders grant dasturi yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilgan, hamda Milliy palata tomonidan iqtisod fanlari doktori, professor Sandjar Djalolov xotirasiga bagʻishlangan.

Professor Djalolov TXVUdagi jamoat salomatligi sohasida magistratura ochish muhimligi gʻoyasini ilgari surganlardan biri edi. U Oʻzbekistonda Sogʻliqni saqlash texnologiyasi bahosi (OTZ (SSTB)) metodologiyasini joriy etishga koʻmaklashgan. Bunda u oʻzining THETA Collaborative (Toronto, Kanada) dagi ushbu yoʻnalishdagi karyerasining ilgʻor tajribasini qoʻllagan.

Jamoat salomatligi maqsadli dasturlarni ishlab chiqarish va amalga oshirish orqali kasallikning oldini olish, hayotni uzaytirish va sogʻliqni mustahkamlashning ilmiy va amaliy asosini yaratish va rivojlantirishni maqsad qilgan.

Birinchi marta ochilgan TXVU magistratura kurslari talabalari 2021-yil 25-yanvardan oʻqishni boshladilar.

Magistraturadagi oʻqishni tugatgach, bitiruvchilar “Jamoat salomatligi” sohasidagi tabiiy fanlar magistrining ilmiy darajasini oladi va amaldagi shifokorlar sifatida jamoat salomatligi sektorida samarali mutaxassis, davolovchi xodim, oʻquv muassasalari oʻqituvchisi, menejer yoki rahnamo boʻlib chiqadi.

Komila Narkulova Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasining Public Health Leaders grant dasturi gʻolibi deb tanlandi. “Jamoat salomatligi” sohasidagi mutaxassis boʻlib yetishishga qaror qilgan yosh neonatolog — shifokor xizmati haqida uning xizmat roʻyxati soʻzlaydi.

27 yoshida Komila COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashdagi ishtiroki uchun “Mehr saxovat” medali bilan taqdirlangan.

U qiz bir qator tavsiya va minnatdorchilik ifoda etilgan xatlar egasi. Jumladan, 2019-yil martida sogʻliqni saqlashni samarali boshqarish boʻyicha sessiya oʻtkazilgan Sloveniyaning tibbiy talabalari Xalqaro Assotsiatsiyasi, Garvard universitetining (2016-yilda), Baltimor (AQSHning Merilend shtati) sogʻliqni saqlash Departamenti, Garvard tibbiyot maktabi (2020-yil aprel) ishidagi faol ishtiroki uchun va boshqa ilmga oid va malaka oshirishga yoʻnaltirilgan amaliy tadbirlarda kasbiy va shaxsiy oʻsish boʻyicha treninglardagi ishtiroki uchun.

Komila Narkulova jamoat tashkilotlarida ish tajribasiga ega. “Ezgu Amal” jamoat fondi tomonidan pandemiya boshlangandan beri amalga oshirilayotgan “Stop Covid 19” loyihasi doirasida oʻtkazilgan “Nafas ol Oʻzbekiston” aksiyasidagi uning faol ishtiroki eʼtirof etilgan.

“Ezgu Amal” fondining yosh shifokorga yozgan minnatdorchilik xatida Komilaning yordamga muhtoj kishilarga quvonch, yashashga va tuzalishga umid berishi yuqori baholangan.

Shuningdek, boʻlajak magistr oʻzining magistraturaga yuqori darajada tayyorligini, jumladan, ingliz tilini bilishini, munosib kasbiy darajasini namoyish eta oldi, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati