Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyati, Payariq tumanida yashovchi 33 yoshli R.Sh. sodir etganligi aniqlangan.
Unga koʻra, R.Sh. “Telegram” messenjeridagi “Oʻyinchoqlar” nomli guruhida B.B. bilan tanishib, u xarid qilgan yumshoq oʻyinchoqni “Sizga oʻzimiz yetkazib beramiz” deya uni aldab, oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank plastik kartasiga 1.100.000 soʻm pullarni oldindan oʻtkazdirib olib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan, yumshoq oʻyinchoq ham manziliga yetkazib berilmagan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, R.Sh.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.