Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati, Marhamat tumanida yashovchi 32 yoshli M.O. sodir etganligi aniqlangan.

Unga koʻra, M.O., S.A. bilan “Instagram” ijtimoiy tarmogʻi orqali tanishib, unga oʻzini treyderlik faoliyati bilan shugʻullanishini va pullarini oz fursatlarda koʻpaytirib berishini vaʼda qilib, aldov yoʻli bilan 950.000 miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻtkazib olishga erishib, bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, M.O.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.