Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakili Toshkent-Andijon pullik yoʻlining narxi qancha boʻlishini maʼlum qildi.
Masalan, Toshkent-Samarqand yoʻlida 150 km tezlik bilan harakatlanuvchi mashina 2 soatda manziliga yetadi. Qayd etilishicha, ushbu yoʻlda 150 km tezlikda yurish mumkinligi belgilanmoqda. Bu maksimum tezlik hisoblanadi.
Toshkent-Andijon yoʻlida esa Qamchiq dovonida 60-70 km minimum etib belgilanadi. Shuningdek, yoʻlning qolgan qismida avtomobil 150 km tezlik bilan harakatlanishi mumkin boʻladi.
Taxminiy hisob-kitoblarga koʻra, yengil manshinalar uchun:
Toshkent-Andijon - 5 AQSH dollari atrofida;
Toshkent-Angren - 1,7 AQSH dollari atrofida;
Toshkent-Qoʻqon - 1-2 AQSH dollari atrofida.
Yuk avtomobillari uchun narxlar qimmatroq boʻladi:
Toshkent-Andijon - 20 AQSH dollari atrofida;
Toshkent-Samarqand - 5-6 AQSH dollari atrofida.