баннер
21 Mar 2025
23:21

    Pusan aeroportida samolyot yonib ketdi

    Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi Kimxe aeroportida samolyot yonib ketdi, barcha yo'lovchilar tezda evakuatsiya qilindi, hech kim jabrlanmadi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi.

    “28-yanvar kuni taxminan soat 22:30 Kimxe aeroportida Gonkongga uchmoqchi bo'lgan Air Busan aviakompaniyasiga tegishli samolyotning dum qismi yonib ketdi. Shu bois bortdagi 170 dan ortiq yo'lovchilarning barchasi favqulodda uni tark etishdi. Qurbonlar yo'q”, deb yozadi agentlik.

    Favqulodda vaziyatlar xizmatlari ma'lumotlariga ko'ra, yonayotgan samolyot bortida 169 yo'lovchi va 7 nafar ekipaj a'zosi bo'lgan. 176 kishining barchasi muvaffaqiyatli evakuatsiya qilingani taxmin qilinmoqda. evakuatsiya vaqtida ikki kishi yengil jarohat oldi, ularning hayoti xavf ostida emas.

    Yonhap xabariga ko'ra, o't o'chiruvchilar tegishli signalni olgach, darhol voqea joyiga jo'nab ketishgan. Yong'inni o'chirish ishlari davom etmoqda.

    Hozircha yong'in sabablari aniqlanmagan. Faqatgina yong'in uchishga hozirlik ko'rgan Airbus 321 samolyotining dum qismida sodir bo'lgani ma'lum. Voqea guvohining agentlikka aytishicha, avvaliga samolyot dumidan quyuq tutun chiqqan, keyin alanga tezda butun samolyotni qamrab olgan, deb xabar beradi ria.ru.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech