Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSh yetakchisi Donald Trampga Ukraina atrofidagi vaziyatni tinch yo'l bilan hal qilish uchun Kievga harbiy yordamni butunlay to'xtatish kerakligini aytdi.
Bu haqda Kreml matbuot xizmati telefon suhbatidan so'ng ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.
“Mojaro avj olishining oldini olish va uni siyosiy-diplomatik yo'llar bilan hal qilish yo'lida harakat qilishning asosiy sharti xorijdan harbiy yordamni va Kiyevga razvedka ma'lumotlarini taqdim etishni to'liq to'xtatish bo'lishi kerakligi ta'kidlandi”, deyiladi bayonotda.