Nashrning vaziyatdan xabardor manbalariga ko'ra, Rossiya Prezidenti AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan tinchlik kelishuviga erishish harakatlari doirasida hozirgi front chizig'ida harbiy harakatlarni to'xtatishni taklif qilgan.
Maqolada, shuningdek, aprel oyi boshida Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan Sankt-Peterburgda bo'lib o'tgan uchrashuvda Vladimir Putin Moskva qisman Kiyev nazorati ostida qolgan to'rtta hududga da'vosidan voz kechishi va faqat Rossiya Federatsiyasi allaqachon nazorat qilayotgan hududlarni saqlab qolishi mumkinligini aytgan.
Biroq, FT manbalarining ta'kidlashicha, agar Qo'shma Shtatlar Moskvaga Qrim ustidan nazoratini tan olish va Ukrainani NATOga qo'shilishiga yo'l qo'ymaslik kabi kengroq geosiyosiy yon berishlarga yo'l qo'ysa, Rossiya Prezidenti frontning to'rtta hududi – Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojye ustidan to'liq nazorat qilish talabidan voz kechishga tayyor.
“Kuchli tarzda ish olib borilmoqda. Biz amerikaliklar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Ish murakkab va ko'p vaqt talab etadi, shuning uchun darhol natija kutish qiyin. Va bu ishni omma oldida olib borib bo'lmaydi”, deya Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskovning so'zlaridan iqtibos keltiradi nashr.
Financial Times gazetasining yozishicha, Donald Tramp prezidentligining dastlabki 100 kunida tinchlikparvarlik missiyasini bajarganini e'lon qilish uchun 30 aprelgacha Rossiya va Ukraina o'rtasida kelishuvga erishmoqchi, deb xabar beradi 24.kg.
Dmitriy Peskov birinchi manbalarga e'tibor qaratishni maslahat berdi: “Hozir juda ko'p soxta narsalar, shu jumladan nufuzli nashrlar tomonidan ham e'lon qilinmoqda”.