“Qabristonlarni saqlash” boʻlimi boshligʻi qoʻlga olindi

    U tadbirkordan dafn marosimlarini oʻtkazish xizmati koʻrsatishga ruxsat berishi evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilgan.

    Dafn marosimlarini oʻtkazish xizmati koʻrsatishga ruxsat berishi evaziga tadbirkordan 2 000 AQSH dollari talab qilgan boʻlim boshligʻi ushlandi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati obodonlashtirish bosh boshqarmasi “Qabristonlarni saqlash” boʻlimi boshligʻi J.A. tadbirkor I.T.dan dafn marosimlarini oʻtkazish xizmatini koʻrsatishga ruxsat berishi evaziga 2 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 200 AQSH dollarini qoʻlga kiritib, yana 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.