Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 018 007 nafarni tashkil etdi.
Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
O‘zbek tili — 890 304 nafar;
Rus tili — 95 456 nafar;
Qoraqalpoq tili — 29 917 nafar;
Boshqa tillar — 2 330 nafar.
Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
Kunduzgi ta’lim shakli — 577 096 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 24 802 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 407 945 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 8 164 nafar.
Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
O‘zbekiston milliy universiteti — 36 782 nafar;
Toshkent davlat transport universiteti — 30 421 nafar;
Farg‘ona davlat universiteti — 29 941 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 28 827 nafar;
Qarshi davlat universiteti — 28 417 nafar.
Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:
Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;
Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.