OTMga qabul jarayonlari rasman yakunlandi

    Ta'lim 26 Iyun 2025 1304

    Bu yil OTMlarga kirish imtihonlarida 732 mingdan ziyod abituriyent qatnashadi.

    Qayd etilishicha, qabul yakuniga koʻra onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etdi.

    Abituriyentlarning taʼlim tili boʻyicha taqsimoti:

    • Oʻzbek tili — 644 027 nafar;
    • Rus tili — 71 476 nafar;
    • Qoraqalpoq tili — 14 959 nafar;
    • Boshqa tillar — 1 949 nafar.

    Abituriyentlarning gender tarkibi boʻyicha taqsimoti:

    • erkaklar — 346 299 nafar;
    • ayollar — 386 112 nafar.

    Eslatma: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar test sinovi uchun toʻlovni bugun, 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari mumkin.