Venetsiyada yashab ijod etgan asli italiyalik rassom Gentile Bellinining ijodi mansub bu asar Fotih Sulton Mehmedxonning shu kungacha yetib kelgan uch asl nusxa portretidan biri hisoblanadi.

Portret italiyalik rassom Gentileni tarafidan 1478-yili Venetsiyada taxtaga yogʻli boʻyoq bilan tasvirlangan.

Portretning boshlangʻich narxi 400-600 funt sterling etib belgilangan. Istanbul shahar hokimligi esa 770 ming funt sterling (6.5 million turk lirasi)ga asarni sotib oldi.

Nihoyat, qadimiy portret ancha yildan soʻngra vatani Istanbulga qayta olib kelinadi.

Gulnoza Muftizoda,

“Yangi Oʻzbekiston” uchun Turkiyadan maxsus