Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy davlatga yoʻl olgan fuqaro D.A. oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Natijada, uning hamyoni ichida jismoniy shaxslar tomonidan tegishli ruxsatnoma asosida olib chiqilishi lozim boʻlgan, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra qiymati 25 mln. soʻmlik 4 dona “10 rubley 1899 g. B.M. Nikolay imperator” yozuvli qadimiy tilla tangalar borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.