Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

    Bugun ona yurtimizning har bir goʻshasida katta tantana. Ona tilimizga “Davlat tili” maqomi berilganiga 31 yil toʻldi.

    Shu munosabat bilan Buxoro viloyati Jondor tumani 5-maktabning ona tili va adabiyoti fani metod birlashma aʼzolari tomonidan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” mavzusida tadbir oʻtkazildi. Tadbirda shoirlar, suxandonlar, jamoat arboblari ishtirok etdilar.

    Adabiyotshunoslar tomonidan ona tilining oʻtmish tarixi va hozirgi taraqqiyot yoʻli haqida soʻzlab berildi. Oʻquvchilar ishtirokida ona tili haqida sheʼrlar aytildi, qoʻshiqlar kuylandi, sahna asarlari namoyish etildi. Sahna koʻrinishlari orqali tilimizning naqadar boy ekanligi aks ettirildi.

    Ona tiliga eʼtibor va ehtirom bilan qaramoq, uning har bir soʻzida yashiringan maʼno jilolariyu mazmun teranliklarini idrok etib, ularni kelajak avlodlarga yetkazish har bir farzandning oliy burchidir. Shundagina Ona tili oʻlmaydi, u mangu yashaydi!

    Feruza SHOYEVA,

    Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi