Koʻpchilik insonlar qalampir isteʼmolini oʻta zararli, deb oʻylaydi. Aksariyat odamlar esa uning “oʻta zararli” ekanini bilib turib ham “organizmim oʻrganib qolgan shunga”, deydiyu, oʻz bilganidan qolmaydi. Rostdan ham qalampir yeyishning umuman foydasi yoʻqmikin?
Italiyaning “Neuromed” nevrologiya instituti olimlarining qalampir haqidagi fikrlarini mazkur savolga javob sifatida keltirish mumkin. Olimlarning aytishlaricha, qalampir isteʼmol qilish yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar tufayli hayotdan koʻz yumish xavfini kamaytiradi. Bu borada oʻtkazilgan tajribada qariyb 23 ming kishi ishtirok etgan, ular salomatligi sakkiz yil davomida nazorat qilingan.
Maʼlum boʻlishicha, haftasiga kamida toʻrt marta qizil qalampir isteʼmol qilgan odamlar ushbu mahsulotni kam yeydigan yoki umuman yemaydigan odamlarga qaraganda yurak xurujidan 40 foiz, bosh miya kasalliklaridan 50 foiz kamroq vafot etishgan.