Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toʻraqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar X.A. va A.Sh. qalbaki 5 200 AQSH dollarini fuqaro L.ga 1 600 AQSH dollari va 10,9 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan qalbaki 14 200 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Chet el valyutasini ayirboshlashni faqat bank muassasasi yoki uning shahobchalari orqali amalga oshirishingizni soʻrab qolamiz, bu bilan nafaqat oʻzingizni asragan boʻlasiz, balki qalbaki valyuta qimmatliklariga duch kelishni oldini olasiz, deya ogohlantirmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.