Qingʼir ish fosh etildi

    Yashnobod tumanida qalbaki АQSh dollarini bankomat orqali soʼmga ayirboshlagan fuqarolar aniqlandi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʼlimi tomonidan АITB “Ipak yoʼli bank” Аmaliyot boshqarmasining murojaatiga asosan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.F. va boshqalar ushbu bank filialiga tegishli Parkent koʼchasida joylashgan bankomat orqali qalbaki 2 000 АQSH dollarini soʼmga ayirboshlab olganliklari aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qogʼozlar yasash, ularni oʼtkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.