Shu yilning 15-oktyabr kuni Jahon chempionati saralash turniri doirasida Oʻzbekiston va BAA terma jamoalari uchrashuvga qiziqish yuqori boʻlmoqda.
Chiptalarni noqonuniy olib sotish hamda soxtalashtirish holatlari uchrayotgani haqida ogohlantiramiz, deya xabar beradi OʻFA.
“Aynan mana shu holatlar sababli avvalgi oʻyinga koʻplab insonlar qalbaki chiptalar olgan holda stadionga kira olishmadi. Bunday nopok ishga qoʻl urganlarga qatʼiy chora koʻrilishini maʼlum qilamiz.
Futbol muxlislarini chayqovchilar qoʻlidan chipta olmaslikka chaqiramiz. Qalbaki chiptalar bilan stadionga kiritilmasligi haqida ogohlantiramiz”, deyiladi xabarda.