Tekshiruvd, fuqaro X.K. “OLX” sayti orqali notanish xaridor ayol bilan oʻzining “Iphone 13” rusumli uyali aloqa vositasini 1 200 AQSH dollariga sotishga kelishib, tumandagi “Evos” kafesi oldida uchrashgan paytida, xaridor ayol unga uyali aloqa vositasi uchun 12 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralarni berib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.