Ana shundaylardan biri Yashnobod tumanida qalbaki 40 mln soʻmni pullayotganda ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.H. fuqaro A.D. ga 200 dona 200 ming soʻmlik qalbaki kupyuralarni 18 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.