“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Sochi – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY-9826 reysi soat 19:24 da Farg‘onadagi muqobil aerodromga qo‘ndi.

"Flynas" aviakompaniyasining Jidda - Namangan yo‘nalishidagi XY-651 reysi ham Toshkentdagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi. Samolyot poytaxt aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 20:10 da qo‘ndi.

Qanot Sharq aviakompaniyasining Istanbul – Namangan yo‘nalishidagi HH-578 reysi ham mahalliy vaqt bilan soat 21:28 da Toshkent aeroportiga kelib qo‘ndi.