Qalmog'istonda yengil samolyot halokatga uchradi

    Qalmog'istonda (Rossiya Federatsiyasi) yengil motorli samolyot qanoti elektr uzatish liniyasi tayanchiga urilishi oqibatida halokatga uchradi.

    Bu haqda Rossiya Tergov qo'mitasining G'arbiy mintaqalararo transport tergov boshqarmasi o'z saytida ma'lum qildi.

    Avvalroq Janubiy transport prokuraturasi dushanba kuni Qalmog'istonning Yashko'l tumanida yengil motorli samolyot halokatga uchragani haqida xabar bergan edi. RIA Novosti agentligining mintaqa huquq-tartibot idoralaridagi manbasi uchuvchi kasalxonaga yotqizilganini qo'shimcha qildi.

    Tergov ma'lumotlariga ko'ra, SP-30 o'ta yengil samolyoti uchuvchisi Xar Tolga qishlog'idan 10 kilometr janubda aviatsiya kimyoviy ishlarini bajarayotgan bo'lgan. “Samolyot qanoti elektr ustuni bilan to'qnashib ketdi. Oqibatda samolyot qulab tushdi, uchuvchi esa turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi”, deyiladi xabarda.

    Tergovchilar hodisa joyini ko'zdan kechirmoqda, tergov harakatlari tashkil etildi, deb xabar beradi ria.ru.