“Qalqon” jamoatchilik guruhiga guvohnomalar topshirildi

    Urganch davlat pedagogika institutida 15 nafar koʻngilli talabadan iborat “Qalqon” jamoatchilik guruhi tashkil etildi.

    “Qalqon” jamoatchilik guruhi talabalar xavfsizligini taʼminlash, ular oʻrtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish hamda taʼlim muassasasini xavfsiz hududga aylantirish maqsadida tashkil etilgan.

    Bugun ushbu guruh aʼzolari bilan institut rektori Feruza Madrahimova, rektor maslahatchisi Dilmurod Yusupov va profilaktika noziri Zuhra Allanazarova uchrashdi.

    Uchrashuvda guruhning asosiy maqsad va vazifalariga batafsil toʻxtalib, zarur tushuncha va tavsiyalar berildi. Shuningdek, institut rektori tomonidan jamoa aʼzolariga guvohnomalar topshirildi.