B.Bahodirov tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati prokurorining xalqaro huquqiy masalalar boʻyicha katta yordamchisi lavozimida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-aprel kuni yoshlar masalalariga bagʻishlab videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgandi.
Yigʻilishda yoshlar jinoyatchiligining oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrmagani uchun Qamashi tumani prokurori Husniddin Bobomurodov ishdan olingandi.
Prezident ishdan olingan mansabdorlar oʻz lavozimida qancha muddat ishlab, qancha maosh olgan boʻlsa, hammasini davlatga qaytarishini alohida taʼkidlagandi.