Shundan kelib chiqib tumanda sanoat ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirish maqsad qilindi. Agar o‘tgan 2022-yilda Qamashida 657.6 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2023-yilda ishlab chiqarishni 1 trln so‘mga yetkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Xususan, kichik sanoat zonasida "Qamashi Oltin boshoq" klasteri tomonidan yillik quvvati 20 ming tonna bo‘lgan un mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Hozirda zavodga Turkiya davlatidan un ishlab chiqarish texnologiyasi olib kelindi. Turk mutaxassislari ishtirokida loyiha yaqin orada faoliyatini boshlaydi.