Taqdimotda Qozogʻiston, Tojikiston, Rossiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH, Saudiya, Turkiya, BAA, Qatar, Hindiston, Ummon, Janubiy Koreya, Quvayt davlatlaridan hukumatlar vakillari va komaniyalar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar hamda moliya muassasalaridan delegatsiyalar ishtirok etdi.
Keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan uzoqni koʻzlab olib borilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosat tufayli qoʻshni mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalari har tomonlama strategik sheriklik hamda ittifoqchilik darajasiga koʻtarilgani alohida qayd etildi.
Taqdimotda Qirgʻiziston va Qozogʻiston bilan birgalikda “Qambarota-1” gidroelektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish rejasi haqida batafsil maʼlumot berildi.