Tuman, havo harorati 0 daraja, yoʻllarda koʻrish masofasi 400 metrni, namlik 90% ni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.

Dovonda avtotransport vositalarining toʻxtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini taʼminlash maqsadida mashina-mexanizmlar yordamida qum-tuz aralashmasi sepish va yoʻllarni qordan tozalash ishlari amalga oshirishmoqda.

Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.