Bu haqda “Qamchiqavtoyoʻl IYFK” matbuot xizmati xabar berdi.
Shu yilning 24-iyul kuni soat 12:55 da A-373 “M-39 a/y.- Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali Oʻsh” avtomobil yoʻlining 254.6- km.qismi “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan “Equinox” rusumli avtotransport vositasining elektr qismidagi qisqa tutashuv natijasida yonib ketdi.
Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yonib ketgan “Equinox” rusumli avtotransport vositasidagi yongʻin bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Hozirda avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.