баннер
26 Apr 2025
21:08

    Qamchiq dovonida Honda avtomobili xandaqqa quladi

    Avtomobilda haydovchining oʻzi boʻlgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

    Shu yilning 1-aprel kuni A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni qismida “Toshkent-Vodiy” yoʻnalishida harakatlangan “Honda” avtomobilining haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib yoʻl chetidagi toʻsiqqa urildi.

    Oqibatda uni kesib oʻtgan va kyuvet (xandaq)ga tushib ketganligi toʻgʻrisida “Qamchiq” maxsus-qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga habar kelib tushgan.

    Xabarga asosan, zudlik bilan hodisa joyiga Qutqaruv otryadi hamda YPX xodimlari yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xavfsiz hududga olib chiqilgan. Avtomobilda haydovchining oʻzi boʻlgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech