“Qamchiq” dovonida yomgʻir aralash qor yogʻdi

    FVV haydovchilardan xavfsizlik choralarini koʻrishni soʻramoqda.

    FVVga koʻra, hozirda yoʻlga qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borildi.

    Ayni vaqtda vaziyat barqaror, ikki tomonlama avtomobillar harakati davom etmoqda.

    Shu oʻrinda FVV YTHlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan xavfsizlik choralarini koʻrishni soʻramoqda.