Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlum qilishicha, shu yilning 15-aprel kuni soat 22:41 da Qamchiq maxsus qidiruv, yongʻin qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga yongʻin boʻlgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Aytilgan manzilga soat 22:50 da 2 ta ekipaj yetib borgan, soat 22:53 da yongʻin qurshab olingan va soat 23:13 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan. Suratda transportning butunlay yonib ketganini koʻrish mumkin. Hozirda uning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmadi. Dovonda avtomobillarning ikki tomonlama harakati davom etmoqda, deyiladi xabarda.









