Qamchiq dovonida yuk mashinasi beton to'siqqa urildi

    Tashvishli xabar 14 Iyul 2024 509

    Natijada yuk mashinasi yonib ketgan.

    Ma'lum qilinishicha, 2024 yil 14 iyul kuni soat 18:00 da Guliston-Bo'ka-Angren-Qo'qon va Andijon orqali O'sh avtomobil yo'lining 258.5- km.qismi «Toshkent-Vodiy» yo'nalishida harakatlanib kelayotgan Isuzu rusumli yuk avtotransport vositasi boshqaruvni yo'qotib yo'l o'rtasidagi temir to'siqqa urilib, yong'in sodir bo'lgan.

    Ma'sullar yo'l transport hodisasi oqibatida yonib ketgan yuk avtotransport vositasidagi yong'inni bartaraf etdi. Tan jarohati olganlar yo'q. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.