Joriy yilning 15-aprel kuni soat 17:22 da “Qamchiq” Maxsus qidiruv yongʻin qutqaruv boshqarmasiga CHAKMAN rusumli yuk avtomashina yoʻl oʻrtasidagi beton toʻsiqqa urilib, qarama-qarshi yoʻnalishning bir qismiga yonboshlab qolgani va yoʻlning harakat qismini toʻsib qoʻygani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan. 

Bu holat A-373 “M-39 Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali – Oʻsh” avtomobil yoʻlining 196 km.da sodir boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha, yuk avtomashinasi Qirgʻiziston Respublikasiga qarashli boʻlib, “Toshkent–Vodiy” yoʻnalishda harakatlanayotgan boʻlgan. 

Voqea joyiga zudlik bilan “Qamchiq”  MQYOQB qutqaruvchilari, YPX va “Qamchiqavtoyoʻl” IYFUK xodimlari yetib kelishgan. 

Avtomashina sisternasida propan suyultirilgan gaz boʻlgan, haydovchi (avtomashinada xaydovchining oʻzi boʻlgan) Qirgʻiziston Respublikasi fuqarosi voqea joyida vafot etgan.

Qutqaruvchilar tomonidan maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlari  toʻliq bartaraf etilib, yoʻl-patrul xizmati xodimlari avtomobillarning havfsiz harakati  taʼminlangan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoʻllarda harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini koʻrishlarini soʻrab qoladi.