Qamchiq va Taxtaqoracha dovonlarida kutilayotgan vaziyat boʻyicha tezkor xabar berildi

    Yashil sayyora 1 Fevral 2023 961

    Oʻzgidromet Qamchiq va Taxtaqoracha dovonlarida 2—5-fevral kunlari kuchli yogʻingarchilik, tuman kuzatilishi, koʻrinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi mumkinligidan ogoh etdi.

    2023-yil 2-5-fevral kunlari A-373 “Toshkent – Oʻsh” avtoyoʻlining “Qamchiq” dovoni xududida va M-39 “Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtoyoʻlining “Taxtaqoracha” (Kitob) dovonidan oʻtgan qismida qor yogʻishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik, tuman kuzatilishi, koʻrinuvchanlik 50 m. gacha pasayishi, shamol tezligi 15 – 20 m/s gacha kuchayishi, avtoyoʻlda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

    Shuningdek, joriy yil 2-6-fevral kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining sezilarli oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:

    Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;

    Surxondaryo viloyati: Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;

    Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;

    Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” togʻlarida;

    Namangan viloyati: Pop tumanida;

    Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona tumanlarida qor koʻchish xavfi elon qilinadi.

    Togʻli xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz.