“Qamchiq”da ISUZUning tormoz qismi ishdan chiqqan

    Tashvishli xabar 27 May 2023 1399

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yo'l-transport hodisasi oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan.

    27-may kuni “Qamchiq” dovoni 250 kilometrida “Toshkent-Vodiy” yo'nalishida harakatlanib ketayotgan “ISUZU” yuk avtomashinasining tormoz qismi ishlamay qolgan.

    Natijasida haydovchi boshqaruvni yo'qotgan va shu yo'nalishda turgan “Kia”, “Damas” va 2 ta “Cobalt” avtomashinalariga urilib, ovqatlanish maskani hududidagi favvoraga borib tushgan.

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra yo'l-transport hodisasi oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan va uch nafar fuqaro tan jarohati bilan Pop tumani shifoxonasiga yuborilgan.

    Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli tashkilotlar vakillari etib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

    Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.