Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, hodisa 4 aprel kuni A-373 avtomobil yo‘lining dovon qismida, "Vodiy–Toshkent" yo‘nalishida sodir bo‘lgan.

Avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida mashina yo‘lning kyuvet qismiga tushib ketgan. Hodisa haqida xabar "Qamchiq" maxsus qutqaruv boshqarmasiga kelib tushgan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika yordamida transport vositasini xavfsiz hududga olib chiqqan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.