Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.Q. (muqaddam sudlangan) fuqaro O.ning ishonchiga kirib, uning otasi R.ga nisbatan tuman IIB tergovchisi tomonidan qoʻllanilgan qamoq ehtiyot chorasini goʻyoki IIBda ishlovchi mansabdor tanishlari orqali oʻzgartirib berish evaziga 2 800 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi aniqlanib, shundan 1 000 AQSH dollarini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.