Qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldi olinadi

    Hujjatlar 27 Iyun 2025 802

    Qonun (OʻRQ–1072-son, 26.06.2025-y.) bilan “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimcha kiritildi.

    Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin ular hibsxonaning oʻzida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

    Majburiy tibbiy koʻrik qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga olib kelingan paytdan eʼtiboran 2 soat ichida oʻtkaziladi.

    Bunda qamoqqa olinganning roziligi bilan uning advokati ham ishtirok etishi mumkin.

    Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha belgilangan namunadagi tibbiy maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.

    Tibbiy koʻrik chogʻida qamoqqa olinganning tanasida jarohat, shikastlanish va yaralar aniqlanganda, ular belgilangan tartibda qayd etilib, bu haqda qamoqqa olinganga maʼlum qilinadi va zudlik bilan prokurorga xabar beriladi.