Qanday hollarda kadastr pasporti bepul rasmiylashtiriladi?

    Urbanizatsiya 17 Dekabr 2020 2386

    Kadastr pasportini bepul rasmiylashtirish uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.

    Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

    • koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;
    • koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;
    • kadastr yigʻmajildi (pasporti) yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda va koʻchmas mulk obyekti koʻrsatkichlari oʻzgartirilmasdan).

    Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.