Qanday qilib COVID-19ga qarshi “superimmunitet” hosil qilish mumkin?

    Salomatlik 21 Sentabr 2021 696

    Amerikalik olimlarning fikricha, COVID-19dan tuzalgandan keyin vaksina olish yangi turdagi infeksiyalardan yaxshiroq himoya qiladigan “superimmunitet” hosil qilish imkonini beradi.

    Qayd etilishicha, kasallangandan soʻng, Pfizer yoki Moderna vaksinasining ikki dozasi organizmni koronavirusning 6 ta mutatsiyasiga, shu jumladan delta va beta variantlariga qarshi samarali boʻlgan, katta miqdordagi “moslashuvchan” antitanachalarni ishlab chiqarishga undaydi.

    “Moslashuvchan” antitanachalar, shuningdek, laboratoriyada maxsus yaratilgan va bir vaqtning oʻzida bir nechta shtammlarni birlashtirgan mutatsiyaga dosh bera olgan. Faqat kasal boʻlgan yoki faqat emlangan kishilarning immuniteti bu infeksiyaga dosh berolmadi.