баннер
21 Mar 2025
04:45

    Qanday tofidagi shaxslarga xorijga chiqish uchun mikroqarz beriladi?

    “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-593-sonli qaroriga koʻra, xorijga chiqib ketayotgan baʼzi shaxslarga mikroqarzlar beriladi.

    Qayd etilishicha, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oila aʼzosi sifatida eʼtirof etilgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarga mikroqarzlar beriladi.

    Xorijda ishga joylashish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun 10 million soʻmgacha miqdorda bir yil muddatga beriladi.

    Mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilinadi.

    Bunda, mikroqarz hamda unga hisoblangan foizlar qarz oluvchining topshirigʻiga muvofiq ularning hisobvaraqlariga xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali kelib tushgan mablagʻlardan ushlab qolish yoʻli bilan hamda qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa usullarda toʻlanishi mumkin.

    Shuningdek, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlariga tenglashtiriladi va unga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliqlarni toʻlash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qoʻllaniladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech