Qanday turdagi avtotransport vositalariga avtobuslar yoʻlakchasida harakatlanishga ruxsat etiladi?

    Transport 21 Dekabr 2022 970

    IIV Jamoat xavfsizligi depertamenti yoʻl-harakat xavfsizligi boshqarma boshligʻi Fazliddin Toshkenboyevning aytishicha, poytaxtda avtobuslar uchun chizilayotgan yoʻlakchalar jamoat transportlarining tirbandlikda qolmasligi uchun zarur.

    Ushbu yoʻlakchalarda avtobuslardan tashqari faqatgina tez yordam, yongʻin xavfsizligi va IIV avtomobillari harakatlanishi mumkin.

    Qolgan avtotransport vositalariga esa harakatlanish taqiqlanadi va bu tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.

    Ammo har qanday avtomobilga maʼlum sababga koʻra, masalan, yoʻl yoqasidagi obyektlarga yoki koʻchaga kirish uchun ushbu yoʻlakda foydalanishga ruxsat etiladi.

    Buning uchun yoʻlakchalarda uziq chiziqlar mavjud boʻlib, taxminan 40-50 metr masofa belgilanadi. Koʻcha yoki obyekt boshlangan joyda ushbu uziq chiziqlarning taʼsir doirasi tugaydi va avtomobillar avtobuslar uchun moʻljallangan yoʻlakchani boʻshatib qoʻyishlari talab etiladi.