Bular:
- kelgusi yildan 40 yoshdan oshgan barcha aholi (10 million nafar) yiliga kamida bir marta manzilli endokrin skriningdan oʻtkaziladi;
- tibbiyot brigadalari va poliklinikalarning 14 mingdan ziyod oilaviy va taʼlim muassasalari shifokorlari endokrin kasalliklarni aniqlash va birlamchi yordam koʻrsatishga oʻqitiladi;
- har bir tibbiyot brigadasi ekspress-testlar oʻtkazish uchun glyukometr bilan taʼminlanadi;
- Endokrin kasalliklar aniqlangan aholining yagona elektron reyestri ishga tushiriladi;
- kelgusi yil 1-iyuldan 2 million nafar ayollar, 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan bepul taʼminlanadi;
- qandli diabet uchun metformin preparati 200 mingdan ziyod ehtiyojmand aholiga bepul tarqatiladi;
- bolalar va kattalarni odam insulini bilan bepul taʼminlash dasturi davom ettiriladi. Bunda ilk bor 25 yoshgacha boʻlgan yoshlarga analogli insulin beriladi.
Tibbiyot muassasalarida laboratoriya xizmatlari koʻrsatishning mutlaqo yangi tizimi joriy etiladi.
Bunda:
- ikki oy muddatda laboratoriya tahlillari normativlari xalqaro tajriba asosida toʻliq qayta koʻrib chiqilib, yangilanadi;
- tumanlarda oilaviy va markaziy poliklinika, markaziy shifoxona hamda shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi laboratoriyalari maqbullashtirilib, tunu-kun ishlaydigan markaziy laboratoriyalar tashkil etiladi;
- ularga oilaviy poliklinika va shifokor punktlaridan materiallarni yigʻib olish uchun transport vositalari olib beriladi;
- kelgusi yil davomida markaziy laboratoriyalardagi 1 mingdan ziyod shifokorlar va 3 mingdan ortiq oʻrta tibbiyot xodimlarining malakasi oshiriladi.