Olib borilgan tadqiqotlardan soʻng kuniga ikki porsiya meva isteʼmol qiladiganlarda qandli diabetning ikkinchi turi yuzaga kelish xavfi nihoyatda kam boʻlgani isbotlandi. Tadqiqot natijalari xalqaro endokrin jamiyatining The Journal of Clinical Endocrinology & Metabolism jurnalida eʼlon qilindi.
2019-yilgi maʼlumotlarga qaraganda, dunyo boʻyicha 463 million odam qandli diabetga chalingan. Yana 374 million kishi kasallikning eng koʻp tarqalgan shakli – qandli diabetning ikkinchi turi bilan ogʻrigan.
Tibbiyot xodimlarining fikricha, qandli diabetning oldini olishda sogʻlom ovqatlanish hamda sogʻlom turmush tarzi muhim rol oʻynaydi.