Qandli diabetning ikkinchi turi sog'liq bilan bog'liq global muammo bo'lib, dunyodagi katta yoshli har o'n birinchi kishiga ta'sir qiladi va diabetning barcha holatlarining taxminan 90 foizi ushbu turdagi diabetdir. Yangi tadqiqot shuni ko'rsatdiki, ortiqcha vazn, ozuqa tolasining kam iste'mol qilinishi va jismoniy faollikning etishmasligi kabi turmush tarzi omillari kasallikning rivojlanishida asosiy rol o'ynaydi.
T2D-GENE tadqiqotida qondagi glyukoza darajasi yuqori bo'lgan 50 dan 75 yoshgacha bo'lgan 1000 nafarga yaqin erkak ishtirok etdi. Ulardan 600 dan ortiq kishi turmush tarzini o'zgartirish guruhiga, qolganlari esa nazorat guruhiga kiritildi. Ishtirokchilar ovqatlanish ratsionini yaxshilash va jismoniy faollikni oshirish bo'yicha tavsiyalar oldi.
Turmush tarzini o'zgartirish dasturida ishtirok etgan erkaklar o'z parhezlarini sezilarli tarzda yaxshilashga erishishdi, jumladan, ozuqa tolalar iste'moli ko'paytirildi, iste'mol qiladigan yog'lar sifati yaxshilandi, ratsionida meva va sabzavotlar miqdori oshirildi. Shuningdek, ko'ngillilar yuqori darajadagi jismoniy faollikni saqlab qolishdi.
Qandli diabetning ikkinchi turi kasalligi, ularning genetik xavf darajasidan qat'i nazar, turmush tarzini o'zgartirish bo'yicha tavsiyalarga amal qilganlar orasida sezilarli darajada past bo'ldi. Bu natija, sog'lom turmush tarzi, hatto irsiy moyillik mavjud bo'lganda ham, qandli diabetning oldini olishning samarali vositasi bo'lishi mumkinligini tasdiqlaydi, deb xabar beradi lenta.ru.