Ijtimoiy tarmoqlarda Qarag'andaning kanalizatsiyasi suv oqimiga bardosh bera olmayotganini ko'rsatadigan ko'plab videolar tarqalmoqda. Tabiiy ofat oqibatida shahar markazidagi ko'chalar, avtomobillar va jamoat transporti suv ostida qolgan. Fuqarolar ko'chalarda tizza bo'yi suv kechishga majbur bo'lmoqda.
Qarag'andada joriy yilning avgust oyida ham kuchli yog'ingarchilik oqibatida shahar ko'chalari suv ostida qolgan edi, deb xabar beradi tengrinews.kz.